Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — “Siyosat”) «Havakand Bakery» brendi ostida faoliyat yurituvchi barcha tizimlarga — rasmiy veb-sayt, mobil ilova, Telegram-bot va qo‘ng‘iroqlar markaziga (keyingi o‘rinlarda — “Tizim”) nisbatan qo‘llaniladi hamda foydalanuvchidan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi.
Tizimdan foydalanish foydalanuvchining ushbu Siyosat va uning shartlariga so‘zsiz roziligini anglatadi. Agar foydalanuvchi Siyosatga rozi bo‘lmasa, Tizimdan foydalanmasligi kerak.
Tizim «Havakand Bakery» mijozlari uchun mahsulotlar bilan tanishish va buyurtmalarni rasmiylashtirish maqsadida mo‘ljallangan.
Tizim orqali foydalanuvchi (mijoz):
mahsulotlar katalogi va mavjud mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishi;
mahsulotlarni tanlashi va buyurtma berishi;
buyurtma va yetkazib berish holatini kuzatishi;
qo‘llab-quvvatlash xizmati yoki kuryer bilan bog‘lanishi;
buyurtmalar tarixini saqlashi;
buyurtma haqida bildirishnomalar olishi mumkin.
Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etadi:
F.I.Sh.;
telefon raqami;
yetkazib berish manzili;
elektron pochta manzili;
tug‘ilgan sana;
boshqa zarur ma’lumotlar.
Foydalanuvchi tomonidan tegishli ruxsat berilgan taqdirda, yetkazib berish manzilini aniqlash va tegishli xizmatlarni taqdim etish uchun joylashuv GPS yoki tarmoq orqali aniqlanishi mumkin.
Operatsion tizim versiyasi, telefon modeli va boshqa texnik ma’lumotlar Tizim barqarorligini oshirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlash uchun ishlatiladi.
IP-manzil foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash, hududiy cheklovlardan himoya qilish va firibgarlikning oldini olish maqsadida ishlatiladi.
Buyurtmalar tarixi foydalanuvchiga qulaylik yaratish, buyurtmalarni tezkor ravishda takrorlash, foydalanuvchi tanlovlarini tahlil qilish va tegishli takliflarni taqdim etish uchun ishlatiladi.
Kompaniya faqat xizmatlarni ko‘rsatish va Tizimning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
Kompaniya ma’lumotlarni oshkor etish va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish uchun zarur texnik va tashkiliy choralarni ko‘radi.
Ma’lumotlar foydalanuvchi profilini o‘chirgunga qadar yoki foydalanuvchining shaxsiy so‘roviga asosan, uning roziligi asosida saqlanadi.
Foydalanuvchi o‘z profilini o‘chirish orqali ma’lumotlarini o‘chirishi mumkin. Bunday holatda Kompaniya ma’lumotlarni yo‘q qiladi yoki shaxsiy identifikatorlarni olib tashlaydi.